Nima bu Profil Truba ?

Nima bu Profil Truba ?


Profil truba – metall prokatining ommabop qurulish materiali.

Kesimi aylana shaklida bo’lmagan trubalar (quvurlar) profil trubalar deyiladi. Uchburchak, oval hamda keng tarqalgan kvadrat va to’rtburchak shakldagi trubalar shular qatoriga kiradi. Karbonli va past legirlangan po’lat, ya’ni St3SP yoki 09G2S hamda zanglamaydigan po’lat kabi materiallardan tayyorlanadi.

Bunday trubalarni yaratishning ikki xil usuli mavjud. Aylana shaklidagi elektr payvandlangan to’g’ri chokli trubalarni issiq yoki sovuq ta’sirida o’zgartirish orqali. Shtrips, deb nomlanuvchi metall tizma buklanadi va kerakli kesimdagi yumaloq truba shakliga keltirib tayyorlanadi. So’ngra yumaloq truba qolipga joylashtiriladi va unga maxsus valiklar yordamida kerakli kesim shakli beriladi. Shundan keyin butun truba GOST ga amal qilgan holda payvand chokining sifat nazoratidan o’tadi va ichki mexanik kuchlanishni kamaytirish uchun unga termik ishlov beriladi.

Ishlab chiqariladigan va O’zbekistonga import qilinadigan profil trubalar kesimining hajmi 10×10 mm dan 500×400 mm gacha bo’ladi. Devorlarining qalinligi 1 mm dan 20 mm gacha. Quvurlar uzunligi 6,0 dan 12,0 metrgacha.

Profil trubalardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

-metall konstruktsiyalar qurilishida;

-inshootlar karkasining montajida;

-ustunlar, machtalar, murakkab to’siqlarni o’rnatishda;

-oraliqlar uchun va hokazo.

Bu mexanik va vibratsion og’irliklarga bardoshli konstruktsiyalardir.

Profil trubalardan shuningdek mebel sanoatida va hattoki to’siqlar hamda avtomobil soyabonlari uchun ustun sifatida foydalaniladi. Ular yana issiqxona, karavatlar va o’zbek milliy tapchanlarini ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.

Kompaniyamiz profil trubalarni taniqli Rossiya korxonalaridan import qiladi. Omborxonamiz Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Rohat aylanma yo’liga yaqin Yangiobod eski buyumlar bozori yonida joylashgan.

Omborxonaning Google xaritadagi geojoylashuvi

Bizning aktual narxlarimizni ko’rib chiqing

Biz profil trubalarni buyurtmangiz asosida ehtiyojingiz uchun siz bilan kelishilgan vaqtga yetkazib beramiz

Aloqa uchun t.me/metallbazaSteelPantera

+998983012263

10 июля 2020